21:01 / 30.01.2020
2 602

Ruhoniy Trampning «asr kelishuvi»ni «asrning eng qabih rejasi» deb atadi

Ruhoniy Trampning «asr kelishuvi»ni «asrning eng qabih rejasi» deb atadi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSH prezidenti Donald Trampning Falastin va Isroil mojarosini barqarorlashtirish bo‘yicha taklif etgan rejasini «asrning eng g‘aribona rejasi» deb atadi.

«Bu ahmoqona urinishlar jonga tegdi. Bu asrning eng qabih rejasi», – deya yozgan Ruhoniy tvitterdagi sahifasida.

Ayni vaqtda Falastindagilar ham BMT Xavfsizlik kengashiga amerikaliklarning loyihasi qoralangan rezolyutsiya loyihasini kiritmoqchi. Bu haqda jurnalistlarga Falastinning tashkilotdagi maxsus vakili Riyoz Mansur ma’lum qilgan, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat rahbari Mahmud Abbos yaqin kunlar ichida Xavfsizlik kengashida chiqish qilib, Falastinning «asr kelishuvi» bo‘yicha pozitsiyasini ma’lum qiladi.

28 yanvar kuni Donald Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan birga chiqishida Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini taqdim etdi.

Tramp Al-Quds sharqida Falastin davlatini yaratish taklifini bildirib, Al-Quds Isroilning «ajralmas poytaxti» ekanligini ma’lum qilgan. Uning rejasiga ko‘ra, falastinliklar Isroilni yahudiylar davlati sifatida tan olishi kerak. Isroil esa Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi yirik qishloqlarni saqlab qoladi, biroq besh yil ichida yangi qishloqlar qurmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.

AQSH prezidentining ma’lum qilishicha, falastinliklar nazorati ostidagi hudud ikki barobarga oshadi. Biroq bu qanday amalga oshishiga aniqlik kiritilmagan. U mazkur taklifi amalga oshirilishi uchun Falastin iqtisodiyotiga 50 milliard dollar investitsiya jalb etishni va’da qilgan.

Falastin rahbari Mahmud Abbos Falastin xalqi bu rejani qabul qilmasligini bildirib, bu rejani «asr tarsakisi» deb atagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruhoniy Trampning «asr kelishuvi»ni «asrning eng qabih rejasi» deb atadi