Foto: Reuters
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 30 yanvar kuni koronavirus tarqalganligi sababli mamlakatning Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «Kommersant»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
«Biz Uzoq Sharqdagi chegaralarni yopish va hukumat tomonidan qabul qilingan boshqa chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilamiz», — dedi Mishustin.
U bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovadan Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va hukumatning unga qarshi kurashish bo‘yicha choralari to‘g‘risida kunlik axborot berib turishini so‘radi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin yig‘ilish o‘tkazib, mamlakatda koronavirus paydo bo‘lish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tarqalayotgan koronavirusni yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 170 nafardan oshgan. Dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni esa 8 mingga yaqinlashmoqda. Bugungi kunda ushbu virusga chalinish holati 16ta davlatda qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi