
Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida “Diniy e’tiqod erkinligining kafolatlari – ochiq fuqarolik jamiyatining muhim asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda turli diniy konfessiya vakillari, IIV, TIV, Adliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, diplomatik korpus vakillari, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Sof.uz nashrining xabar berishicha, spikerlardan biri o‘zbekistonlik yoshlarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolayotgani va bu ko‘pincha chet elda sodir bo‘layotgani haqida gapirdi.
Masalan, Janubiy Koreyaga ishlash va o‘qish uchun borgan bir qancha yigitlar xristian missionerlaridan yashash va o‘qish uchun ma’lum miqdorda pul olib turishgan. Albatta, ularning dinini qabul qilish evaziga.
Keyinroq migrantlar qaytadan musulmonchilikni qabul qilishgan va ular bilan aloqani uzishgan. Bu esa, o‘z navbatida missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni darg‘azab qilib, ish katta janjalga aylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar