
Foto: Arek Rataj / AP
2019 yilning dekabrida 2019-nCov koronavirusi o‘chog‘i hisoblablangan Xitoyning Uxan shahriga hozirda kirish-chiqish cheklangan. Rossiyaning RBK nashri Uxandan olingan fotosuratlar asosida reportaj tayyorladi.
11 million kishi istiqomat qiladigan Uxan Xubey viloyatining ma’muriy markazi sanaladi.

Foto: Arek Rataj / AP
Shahar va unga yondosh hududlarda bir qancha avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar bor. Jumladan, General Motors, Nissan, Honda va boshqalar. Shahar Yanszi va Xanshuy daryolari oqimida joylashgan bo‘lib, bu yerda baliqchilik sanoati rivojlangan. Koronavirus aynan Uxan baliq bozorida birinchi marta aniqlangan. 23 yanvardan beri shahar yopilgan.

Foto: Arek Rataj / AP
Uxanda koronavirus yuqtirib olganlar boshqalardan izolatsiya qilingan, ular bilan aloqa qilgan shaxslar qattiq tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Foto: China Daily / Reuters
Shaharda jamoat transporti – metro, poyezdlar, avtobuslar, paromlar hamda samolyotlar harakati cheklangan. Taksilar maxsus himoya kombinzonlari bilan harakatlanishmoqda.

Foto: China Daily / Reuters
Mahalliy aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, niqob (maska) taqib yurish va ko‘proq suv ichish so‘ralmoqda.

Foto: Arek Rataj / AP
Mahalliy aholi Uxanga qaytishi mumkin, biroq Uxanni tark etishi mumkin emas.

Foto: Douyin user Wei Zikai / AP
JSST Xitoy hukumatining Uxanni yopish to‘g‘risidagi qaroridan norozi. “11 million aholiga ega bo‘lgan shaharni izolatsiya qilish sog‘liqni saqlash tarixida bo‘lmagan va bu JSST tavsiyalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”, – deb xabar qiladi Reuters JSSTning Pekindagi vakili Gauden Galeaga tayanib.

Foto: China Daily / Reuters
New York Times’ning Uxandagi muxbiri mahalliy kasalxonalarning bemorlar bilan to‘lib-toshganligi to‘g‘risida xabar beradi. O‘zini yomon qila boshlaganlar darrov shifokor ko‘rigiga kelishgan. Ayrimlar vahima tufayli ham kasallanmoqda.

Foto: China Daily / Reuters
Shahar ko‘chalari kuniga bir necha marotaba sterillanadi.

Foto: Arek Rataj / AP
Uxandan tashqari viloyatning yana bir nechta shaharlari karantin holatida. Izolyatsiyalanganlarning umumiy nufusi 20 million kishini tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar