date
views 3 149

Somalida chigirtka yopirilishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Somalida chigirtka yopirilishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi
Foto: Reuters
Somali qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat hududiga chigirtka yopirilishi sababli favqulodda holat e’lon qildi.
Bu haqda BBC News nashri xabar berdi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Somali va Efiopiya 25 yil ichidagi eng katta ko‘lamdagi chigirtka yopirilishiga to‘qnash keldi. Chigirtka avvalroq ushbu hududlarga tushgan kuchli yomg‘irlardan keyin ko‘payib ketgan. Muammoni apreldagi hosil terimigacha hal qilishga ulgurmay qolinishi xavotiri mavjud.

Bu orada chigirtkalar Keniyagacha yetib borgan. Bu yerdagi vaziyat oxirgi 70 yil ichidagi eng og‘iri bo‘lmoqda. Hozirda chigirtkalarni yo‘q qilish uchun insektitsidlar sepishga bor-yo‘g‘i 5 ta samolyot jalb etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Somalida chigirtka yopirilishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi