Foto: Reuters
Qirg‘iziston yangi koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 18 fuqarosini evakuatsiya qildi.
Bu haqda respublikaning sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uxandagi qirg‘izistonliklar 2 fevralda Qozog‘iston ko‘magida dastlab Nur-Sultonga keltirilgan, u yerdan esa maxsus samolyotda Bishkekka yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, barcha keltirilganlar aeroportda tegishli tekshiruvdan o‘kazilib, Bishkek tashqarisida joylashgan shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limiga karantinga joylashtirilgan.
Shifoxona infeksion xavfsizlikning barcha shartlariga javob beradi va zarur laboratoriya hamda davolash qurilmalari, malakali tibbiy xodimlar bilan ta’minlangan. Evakuatsiya qilingan fuqarolar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, karantin vaqtida Uxandan keltirilganlar bilan faqat tibbiy xodimlar muloqotda bo‘ladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 304 nafarni, kasallanganlar esa 14,4 ming kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, dunyoning 20 ta davlatida qariyb 100 kishi virusga chalingan. JSST koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgan.
Avvalroq ta’kidlanganidek, O‘zbekiston 4-5 fevral kunlari maxsus charter reyslar orqali Xitoy hududidagi, shu jumladan, xavfli koronavirus tarqalgan Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi