Misrda fir’avnlarning 16 ta qabri topildi

Foto: news.day.az
Nil daryosi vodiysida joylashgan Tuna al-Gabal (Misr) aholi yashash punktida arxeologlar 16 ta qadimgi qabrni topishdi. Ular miloddan avvalgi 664-399 yillarga, fir’avnlarning uchta sulolasiga tegishli ekanligi aytilmoqda, deb yozmoqda “Day.Az”.
Misr yodgorliklari vazirligi veb-saytida jami 25 sarkofag topilgani haqida xabar berilgan. Ulardan yigirmatasi ohaktoshdan yasalgan. Beshta tobut esa yog‘ochdan tayyorlangan.
Shuningdek, arxeologlar maqbaralar ichidan “Ushebti haykali” deb nomlanuvchi yuzlab tumorlarni va 10 mingta ko‘k rangli dafn marosimi uchun ishlatilgan haykallarni topishgan.
Topilgan sarkofaglarning qopqoqlari inson tanasi shaklida yasalgan. Ma’lum qilinishicha, qabrlar yaxshi holatda saqlanib qolgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Nil daryosi vodiysida joylashgan Tuna al-Gabal (Misr) aholi yashash punktida arxeologlar 16 ta qadimgi qabrni topishdi. Ular miloddan avvalgi 664-399 yillarga, fir’avnlarning uchta sulolasiga tegishli ekanligi aytilmoqda, deb yozmoqda “Day.Az”.
Misr yodgorliklari vazirligi veb-saytida jami 25 sarkofag topilgani haqida xabar berilgan. Ulardan yigirmatasi ohaktoshdan yasalgan. Beshta tobut esa yog‘ochdan tayyorlangan.
Shuningdek, arxeologlar maqbaralar ichidan “Ushebti haykali” deb nomlanuvchi yuzlab tumorlarni va 10 mingta ko‘k rangli dafn marosimi uchun ishlatilgan haykallarni topishgan.
Topilgan sarkofaglarning qopqoqlari inson tanasi shaklida yasalgan. Ma’lum qilinishicha, qabrlar yaxshi holatda saqlanib qolgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…