date
views 5 018

Rossiya aviakompaniyasi Xitoyda o‘zbeklarni bortga chiqarmadi

Rossiya aviakompaniyasi Xitoyda o‘zbeklarni bortga chiqarmadi
Janjalning markazida Rossiyaning "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasi. Xitoyning Sian-Syanyan aeroportida aviakompaniya vakillari MDHning 70 ga yaqin fuqarolariga Yekaterinburgga parvoz qilishlariga ruxsat berishdan bosh tortishdi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor edi, deb yozadi "Kommersant" gazetasi.

Samolyotga chiqolmagan yo‘lovchilarga aviakompaniya vakillari joy yetishmasligi bilan izohladi. Biroq, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyotga o‘nlab kishi: faqat ruslarni kirgizishgan.

O‘zbekistonliklardan tashqari Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Moldova, Tojikiston davlatlarining fuqarolari ham qo‘lida chiptasi bo‘lsa-da, samolyotga qo‘yilmagan.

Fuqarolik yordami qo‘mitasi raisi, "Memorial" inson huquqlari markazi boshqarmasi a’zosi Svetlana Gannushkina MDH davlatlari fuqarolarining "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasi samolyotiga chiqarilmaganini “dahshatli holat” deb baholadi. "Shu bilan birga, Xitoydan kelayotgan bu fuqarolar bundan oldin Rossiyada ishlagan".
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya aviakompaniyasi Xitoyda o‘zbeklarni bortga chiqarmadi