date
views 2 494

Citigroup yillik daromadi 1 mln dollardan ortiq bo‘lgan xodimini nima o‘g‘irlagani uchun ishdan haydadi?

Citigroup yillik daromadi 1 mln dollardan ortiq bo‘lgan xodimini nima o‘g‘irlagani uchun ishdan haydadi?
Foto: Daily Mail
Yuqori daromadli obligatsiyalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Citigroup bankining Yaqin Sharq va Afrikadagi bo‘linmasi boshlig‘i Paras Shoh lavozimidan ozod etildi. Bunga uning ishxona oshxonasidan ovqat o‘g‘irlagani sabab bo‘lgan, deb yozadi The Wall Street Journal.

Citigroup — dunyodagi eng yirik xalqaro moliyaviy konglomeratlardan biri. AQSHdagi eng yirik banklar «katta to‘rtligi»ga kiradi. Bank jami qiymati 1,8 trillion dollardan ortiqroq bo‘lgan aktivlarni boshqaradi.

Yevropada eng yaxshi mutaxassislardan biri hisoblangan Paras Shoh Citigroup’ga 2017 yili kelgan. Bungan qadar u uzoq yillar HSBC va Goldman Sachs’da ishlagan. Britaniyaning Bata universiteti bitiruvchisi. 2019 yilning oxirida uning bo‘linmasi foydani 49 foiz ortig‘i bilan bajargan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shoh Citigroup’da bir yil davomida 1,3 million dollar ishlab topgan. Shu sababli uning oshxonadan ovqat o‘g‘irlashiga nima majbur qilgani noma’lum, menejerning o‘zi bunga izoh berishdan bosh tortgan.

Britaniya kompaniyalarining top-menejerlari arzimagan sabab bilan ishsiz qolayotgani birinchi marta sodir bo‘lmayapti. 2016 yilda Mizuho hamkasbining velosipedidan aksessuar o‘g‘irlagan londonlik bankirni ishdan bo‘shatib yuborgan edi. 2014 yilda esa chiptasiz o‘tish tizimi sabab BlackRock top-menejeri Jonatan Berrouz ham ishsiz qolgan.

Shohning bo‘linmasi kompaniyalarning qarzi bilan shug‘ullangan, shu sababli uning faoliyatida to‘g‘rilik alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Citigroup yillik daromadi 1 mln dollardan ortiq bo‘lgan xodimini nima o‘g‘irlagani uchun ishdan haydadi?
-->