Foto: AP
Xitoyda tarqalgan koronavirusdan vafot etganlar soni 565 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda «RBK» South China Morning Post’ga tayanib.
Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning o‘zida 563 kishi vafot etgan, ya’ni kechagidan 70 kishiga ko‘pdir. Mamlakat hududidan tashqariga yangi qurbonlar yo‘q. Avvalroq Gonkongda ham va Fillipinda ham bir kishi vafot etgani xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar soni 28 ming kishidan oshib ketdi. Bunda bemorlarning 911 nafari tuzalib ketgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019-nCoV virusiga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emasligi, lekin kasallikka chalinganlarning ko‘p qismi undan vafot etmay, ular muolajalar yordamida shifo topayotganini ma’lum qilgandi. Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”