
Foto: «theguardian.com»
Londonda Buyuk Britaniya parlamenti majmuiga kiruvchi bino idorasi xodimlari payshanba kuni kechasi g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘lishdi. Binoning ichiga tulki kirib olibdi, deb yozadi «Guardian» gazetasiga asosan "Xabar" nashri.
«Lopes jamoasi: kechasi Vestminstr idorasidan chiqib ketayotganimizda tulkiga ko‘zimiz tushdi. U «Portcullis House» binosida eskalatordan ko‘tarilayotgandi! 2017 yildan beri parlamentda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarga guvoh bo‘ldik, lekin bunaqasini ko‘rmagandik!» — deydi Britaniya parlamenti a’zosi Juliya Lopes «Twitter» akkauntida.
Nashrning yozishicha, politsiya kelib tulkini qo‘lga tushirgunga qadar jonivor to‘rtinchi qavatgacha ko‘tarilishga ulgurgandi. Politsiya xodimlari yovvoyi hayvonni qutiga joylab, olib ketishgan va tashqariga qo‘yib yuborishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar