date
views 3 156

Si Jinping Tramp bilan koronavirusning iqtisodiyotga ta’sirini muhokama qildi

Si Jinping Tramp bilan koronavirusning iqtisodiyotga ta’sirini muhokama qildi
Xitoy Xalq Respublikasi davlat rahbari Si Jinping amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon suhbatida koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qildi deb xabar beradi RIA Novostiga tayanib Sof.uz.

Juma kuni jahonning ikki eng yirik iqtisodiyotiga ega mamlakatlar rahbarlari koronavirusning bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar.
Uzoq muddatli istiqbolda Xitoy iqtisodiyotini rivojlantirish tendensiyasi o‘zgarmaydi”, – deydi Xitoy markaziy televideniyasi davlat rahbari nutqidan iqtibos keltirib.

Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, Tramp Xitoy koronavirusning tarqalishiga qarshi muvaffaqiyatli tura olishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari tomonlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olganliklari qayd etilgan.

2019 yilning 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga Uxan shahrida koronavirusning noma’lum turdagi 2019-nCoV pnevmoniyasi tarqalganini ma’lum qildi.
Kasallik hozirgi vaqtda (07.02.2020, 16:00 TSHV) 31515 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, ulardan 638 nafari vafot etgan. Batamom tuzalib ketganlar soni 1665 nafar.

Kasallik tufayli neft narxi barreliga $56gacha tushib ketdi. Bu 30 yillik minimum narxi hisoblanadi. Hozirda dunyoning eng yirik eksportyori bo‘lgan Xitoy iqtisodiyotining uchdan ikki qismi ish faoliyatida emas. Yirik kompaniyalar, shu jumladan Apple, Toyota va boshqa bir qator brendlar Xitoydagi ishlab chiqarishini vaqtinchalik to‘xtatib turishibdi.

Hozirgi vaqtda jahonning ko‘plab aviashirkatlari Xitoyga aviaqatnovlarni bekor qilgan. Bularning barchasi qisqa muddatli istiqbolda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Mutaxassislar bu yil Xitoy YAIMi o‘sish sur’ati 0.2 % punktga pasayishini bashorat qilishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Jinping Tramp bilan koronavirusning iqtisodiyotga ta’sirini muhokama qildi