
Foto: REUTERS
5 fevral kuni senatorlar impichment doirasidagi tinglovlarda AQSH prezidentini ayblovlarning barcha moddalari bo‘yicha aybsiz deb topdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp impichment jarayoni doirasida ma’muriyatning o‘ziga qarshi guvoh sifatida ishtirok etgan bir necha vakilini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
Agentlikning bildirishicha, milliy xavfsizlik kengashi xodimi Aleksander Vindmanga o‘z lavozimini tark etish taklif qilingan. Shuningdek, Oq uy advokatlik xizmatida ishlaydigan uning ukasi Yujin ishdan bo‘shatilgan.
Bundan tashqari, AQSHning YEIdagi doimiy vakili Gordon Sandlend ham ishdan olingan.
5 fevral kuni senatorlar impichment doirasidagi tinglovlarda AQSH prezidentini ayblovlarning barcha moddalari bo‘yicha aybsiz deb topdi.
Tramp hokimiyatni suiiste’mol qilish va kongress surishtiruvlariga qarshilik ko‘rsatishda ayblangandi.
ImpicmentDonald TrampAQSH prezidentiXavfsizlik kengashiOq uyYujin ishdan bo‘shatildi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar