20:27 / 09.02.2020
4 594

Hammasi yo‘ldagi mojarodan boshlangan — Qozog‘istondagi fojea sababi aytildi

Hammasi yo‘ldagi mojarodan boshlangan — Qozog‘istondagi fojea sababi aytildi
Qozog‘istonda qozoq va dungan millatiga oid aholi o‘rtasida janjal kelib chiqqani va natijada 10 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Kalaychidi ushbu janjal haydovchilar o‘rtasida yo‘l talashish oqibatida kelib chiqqanini ma’lum qildi.

Kalaychidiga nima sababdan dunganlar mojaro boshlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozib, politsiyadan yordam so‘ralgani hamono huquq-tartibot xodimlari yuborilmagani haqida savol berildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda faqat 7 fevralda yoza boshladilar. Agar 6 fevralda yozilganda, o‘sha kuni politsiya safarbar qilingan bo‘lardi.

Biz qonunda ko‘rsatilgan chora va tadbirlarni qo‘lladik. Ya’ni, janjal qatnashchilarini yo‘lga oldik va ularga nisbatan jinoiy ish ochdik. Vaziyat jiddiylashgandan so‘ng esa qo‘shni tumanlardan xodimlar yetib kela boshladi.

Nima sababdan qo‘shimcha kuchlar kech yetib keldi. Buni tushunsa bo‘ladi, Masanchi qishlog‘i viloyat markazidan 370 kilometr uzoqlikda joylashgan. Samolyotda ucha olmaysan, avtotransportda yetib olish uchun esa vaqt kerak, — deydi Kalaychidi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, janjal chiqishiga haydovchilar o‘rtasidagi yo‘l talashishi sabab bo‘lgan. Dastlabki kelishmovchilik 5 fevralda boshlangan.

— Janjalga yo‘l talashish sabab bo‘lgan. Uch kishi avtomobilda ketayotgan bo‘lgan, shu vaqtda yana uch kishi yuk mashinasida yo‘lning harakat qismiga chiqib ketgan. Janjal kimdir kimgadir yo‘l bermaganidan boshlangan. Keyin odatda bo‘lib turganidek, og‘zaki janjal mushtlashuvga aylangan, — dedi Kalaychidi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki xabarlarga ko‘ra ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishiga qariya chol kaltaklanishi sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Vazir o‘rinbosari bu savolga ham javob berib o‘tdi.

— Qariya mushtlashuvda jarohatlangan. Men sizga bir gap aytmoqchiman, ayni vaqtda hodisa sabablari tahlil qilinmoqda va birinchi navbatda huquqbuzarlikda qatnashgan odamlar shaxsini aniqlamoqdamiz. Biz har bir huquqbuzarni topishimiz shart, — deya javob berdi Kalaychidi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hammasi yo‘ldagi mojarodan boshlangan — Qozog‘istondagi fojea sababi aytildi