21:05 / 10.02.2020
6 285

Xitoy muxolifati vakili: "Koronavirusdan 50 ming kishi vafot etgan, uni yuqtirganlar esa milliondan oshadi"

Xitoy muxolifati vakili: "Koronavirusdan 50 ming kishi vafot etgan, uni yuqtirganlar esa milliondan oshadi"
“War Room” (“Urush xonasi“) shousining navbatdagi sonida Xitoy muxolifati vakili Guo Venguy mehmon bo‘ldi. Bu haqda planetanovosti.com nashriga tayanib "Xalq so‘zi" xabar bermoqda.

Guo Venguy Xitoy hukumati bilan kelishmovchilik tufayli 2014 yilda mamlakatni tark etgan va hozirda AQSHda yashaydi. Shunga qaramasdan, milliarder Xitoy, shu jumladan, siyosatchilar bilan aloqalarni saqlab qolgan.

Shouda “Har safar yuqtirganlar sonidan to vafot etganlarning sonigacha birlashtirib foizini hisobga olsak, bir xil ko‘rsatkichni olamiz — 2,1 foiz. Vaholanki, bir necha oylar davomida qayta-qayta bir xil son chiqishi tasodif bo‘lishi mumkin emas. Shubhasiz, kommunistik hukumat yolg‘on gapirmoqda“, dedi u.

2019 yil 17 dekabrdayoq virus haqida hamma narsa ma’lum edi. Mutaxassislar hukumatga virus xavfliligi to‘g‘risida yozishni boshlashdi, ammo rasmiylar ko‘rsatma berish o‘rniga mutaxassislarni “mish-mish tarqatgani“ uchun hibsga olishga qaror qilishdi. Masalan, doktor Li Venlyanni panjara ortiga jo‘natishdi. Uning oila a’zolari ham hibsga olindi.

6 fevral kuni, Guo Venguyning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 50 ming kishini tashkil qilgan. Kasallikka chalinganlar soni millionlab. Xitoyliklarning o‘zlari allaqachon hisobni yo‘qotib qo‘yishgan.
- "Uxandagi krematoriyalar har kuni 1200 ta jasadni yoqmoqda. Xodimlar kun bo‘yi ishlamoqda. Karantin ostida esa 250 million fuqaro bor", degan u.

Ehtimol, nafrati tufayli milliarder hodisalarni juda bo‘rttirib yuborayotgan bo‘lishi mumkin, ammo ba’zilarida oz bo‘lsa-da haqiqat bor“, deyiladi xabarda.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi tasdiqlagan ma’lumotga ko‘ra mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 40,171 kishini tashkil etadi. Mamlakat tashqarisida esa infeksiya bilan bog‘liq 558 holat qayd etilgan. Kasallik tufayli 910 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarning 908 nafari Xitoy fuqarolaridir. Shuningdek, Gongkong va Filippinning bir nafardan fuqarosi hayotdan ko‘z yumgan.

Hozigacha mazkur kasallik Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kambodja, Nepal, Ispaniya, Shimoliy Koreya, Ukraina mamlakatlari fuqarolarida aniqlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy muxolifati vakili: "Koronavirusdan 50 ming kishi vafot etgan, uni yuqtirganlar esa milliondan oshadi"