
Foto: WeChat
Bu haqda AQSHning Pekindagi elchixonasi saytida ma’lum qilingan. Xabarda ta’kidlanishicha, 10 fevraldan AQSHning Pekindagi elchixonasi hamda Chendu, Guanchjou, Shanhay va Shenyandagi bosh konsulxonalari viza xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatadi.
Koronavirus bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan vaziyat va “xodimlar soni cheklanganligi” sababli AQSHning diplomatik vakolatxonalari viza xizmatlari ko‘rsatilishi borasidagi so‘rovlarga javob bera olmasligi ma’lum qilingan. Shu bilan birga, diplomatlar “favqulodda vaziyat” yuzaga kelsa, yordam berishga tayyorliklarini bildirganlar.
AQSH koronavirus sababli 2 fevraldan amerikaliklarga Xitoyga borishga cheklov va oxirgi 14 kun ichida Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga AQSHga kirishga taqiqlov joriy qilgandi. Shuningdek, AQSH davlat departamenti Xitoydagi diplomatik idoralari xodimlarining qisman evakuatsiya qilinishiga ruxsat bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar