12:25 / 11.02.2020
3 448

Turkiya 5 harbiysi o‘ldirilishiga javoban 101 suriyalik harbiyni yo‘q qildi

Turkiya 5 harbiysi o‘ldirilishiga javoban 101 suriyalik harbiyni yo‘q qildi
Foto: msb.gov.tr
Turkiya qo‘shinlari Suriyaning Idlib viloyatida 5 nafar harbiysi halok bo‘lganiga javoban Suriya hukumat qo‘shinlarining 115 ta nishonini o‘qqa tutdi. Turkiya mudofaa vazirligida ta’kidlanishicha, javob hujumi oqibatida 101 nafar suriyalik harbiy bartaraf etilgan.

Turkiya 10 fevralda Suriya hukumat qo‘shinlari Idlibdagi kuzatuv punktini o‘qqa tutganini ma’lum qilgan. Buning oqibatida 5 turk harbiysi halok bo‘lgan, yana 5 nafari yaralangan.

Ta’kidlanishicha, turk harbiylarining o‘qqa tutilishiga javoban Suriya qo‘shinlarining 115 ta nishoniga zarbalar berilgan. Buning oqibatida 101 harbiy bartaraf etilgan, 3 ta tank, 2 ta artilleriya quroli va bitta vertolyot yo‘q qilingan.

O‘tgan hafta ham Anqara Idlibda 8 harbiysi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Turkiya bunda Suriya hukumat qo‘shinlarini ayblagan. Anqaraning javob hujumi oqibatida esa 76 nafar suriyalik harbiy yo‘q qilingan.

Hozirda Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi yordamida Idlibda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi tuzilmalarga qarshi amaliyot olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya 5 harbiysi o‘ldirilishiga javoban 101 suriyalik harbiyni yo‘q qildi