15:45 / 11.02.2020
2 542

2019 yil Moskvada mehnat patentlarining yarmi O‘zbekiston fuqarolariga berilgan

2019 yil Moskvada mehnat patentlarining yarmi O‘zbekiston fuqarolariga berilgan
Foto: Vyacheslav Prokofev/TACC
2019 yil yakunlariga ko‘ra, Moskva budjetining mehnat patentlari bo‘yicha ishlayotgan chet el fuqarolaridan daromadi 18,3 milliard rublni tashkil etdi, bu 2018 yil darajasidan 5,2 foizga ko‘p. Bu haqda Moskva shahar meriyasining iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti matbuot xizmati xabarida aytilgan.

«Moskvada mehnat patentlari bo‘yicha ishlayotgan chet el fuqarolari 2019 yil uchun Moskva budjetiga 18,3 milliard rubl o‘tkazdilar, bu 2018 yilga nisbatan 5,2 foizga ko‘p», - deya departament rahbari Denis Tixonovning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

2019 yilda Moskvada 463,7 ming mehnat patentlari berildi, bu 2018 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘pdir. Tixonovning so‘zlariga ko‘ra, patentlarning yarmi O‘zbekiston fuqarolariga, 38 foizi Tojikiston fuqarolariga, 6 foizi Ukraina fuqarolariga, 3 foizi Ozarboyjon va Moldova fuqarolariga berilgan.

«Besh yil ichida chet el fuqarolari Moskvada ishlash uchun 2 milliondan ortiq patent oldi, bu budjetning qariyb 77 milliard rubl miqdoridagi daromadini ta’minladi. Mehnat muhojirlari Moskva mehnat bozorida alohida joy egallaydi va Moskva aholisi bilan ish joyi uchun raqobatlashmaydi, sababi ular asosan moskvaliklar uchun qiziqish tug‘dirmaydigan kasblarda ishlaydi: oddiy ishchi, ko‘cha tozalovchi, yuk tashuvchi. Patent olgan muhojirlarning 100 foizi ko‘p funksiyali migratsiya markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va rus tili bo‘yicha imtihon topshirgan», - deya ta’kidladi Tixonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yil Moskvada mehnat patentlarining yarmi O‘zbekiston fuqarolariga berilgan