
Turkmanistonda bir kishi koronavirusdan vafot etgani haqda Centralasia.media nashriga asoslangan holda Tengrinews.kz xabar berib o‘tdi. Baxtsiz hodisa Xitoydan evakuatsiya qilingan Turkmaniston fuqarolari va China National Petroleum Corporation (CNPC) kompaniyasida ishlagan xitoyliklar joylashtirilgan karantin lagerida ro‘y bergan.
Ushbu holat ayni vaqtda qat’iy sir saqlanmoqda. Turkmen.news tomonidan aniqlanishicha, vafot etgan shaxs Xitoydagi oliygohlardan birida o‘qigan talaba bo‘lgan. Yana bir shaxs, Marv viloyatida istiqomat qiladigan o‘rta yoshli fuqaroda «avval ma’lum bo‘lmagan virus infeksiyasi» aniqlangan. U ayni vaqtda og‘ir ahvolda karantin lagerida bo‘lib turibdi.
Karantin lageri Turkmaniston mudofaa vazirligiga tegishli favqulodda vaziyatlar bo‘limining ko‘chma gospitalidan iborat. Uning hududida reanimatsiya, anesteziologiya, xirurgiya, sterillash xonalari va laborotoriyalar mavjud. Gospital atrofi milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar