Toshkent viloyatining Parkent tumanida 28 yoshli ayol 22 yoshli yigitni pichoqlab qo‘ydi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 4 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda 28 yoshli M.Sh. ishdan qaytayotgan bo‘lgan. Ko‘cha boshida unga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Janjal vaqtida ayol yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan yigitning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
Yigit esa shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu moddada 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”