
Foto: «Kfund-media.com»
Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos Beverli-Xillzda 165 million dollarga dang‘illama hovli xarid qildi, deya xabar berdi «Wall Street Journal» gazetasi.
Bezos uni mediamagnat Devid Geffendan sotib oldi. Bu Los-Anjeles hududi uchun rekord bitim sanaladi. Manbaga ko‘ra, ko‘chmas mulk agentlari kelishuvda ishtirok etishmagan.
«Warner Estate» nomli dang‘illama hovli 3,6 gektar maydonda joylashgan. U 1930-yillarda «Warner Bros» prezidenti Jek Uorner uchun loyihalashtirilgan. Uyning keng peshayvonlari, beqiyos bog‘-rog‘lari, bir qancha mehmon uychalari, tennis korti va golf uchun maydoni bor.

«Bu nafaqat Los-Anjeles, balki dunyodagi eng chiroyli uylardan biri, desam xato bo‘lmaydi», — deydi mahalliy agent Kurt Rappaport. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar