date
views 5 419

Maoshidan g‘azablangan rossiyalik rahbariga granata otib portlatdi

Maoshidan g‘azablangan rossiyalik rahbariga granata otib portlatdi
Moskvada maoshidan norozi bo‘lgan chilangar-mexanik rahbariga granata tashladi. Bu haqda 13 fevral payshanba kuni RЕN TV xabar bermoqda.
RЕN TV ko‘ra, voqea 12 fevral kuni poytaxtning sharqida yuz bergan. Mast bo‘lgan davlat budjet muassasasining xodimi, hudud rahbariga kelib, maoshidan noroziligini bildirgan.

Rahbar chilangardan ko‘chaga chiqishni so‘ragan, u esa granata chekasini yulib, rahbari tomonga tashlash bilan javob bergan. Granata portlab, uchastka boshlig‘i granata parchalari bilan oyog‘idan jarohat oldi.
Hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari o‘tkazilib, barcha holatlari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan ilgari Yekaterinburgda sud tish shifokorini 10,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Shifokor jazmanini qo‘lbola bomba bilan portlatishga uringan, ammo tasodifan boshqa bir ayol jarohat olgan. U ko‘chada qoldirilgan portlash moslamasini axlat qutisiga tashlamoqchi bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maoshidan g‘azablangan rossiyalik rahbariga granata otib portlatdi