Foto: Global Look Press
Grenlandiya hukumati muzliklarning erigan suvini eksport qilmoqchi. Bunday suvga global issiqlik tufayli qurg‘oqchil hududlarda talab katta bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Der Tagesspiegel nashriga intervyuda Grenlandiyaning sanoat va energetika vaziri Yess Svane ma’lum qildi.
“Biz suvimiz qanchalik tozaligini, uning zaxiralari qancha ekanini va undan iqtisodiy tomondan necha yil foydalana olishimiz mumkinligini ko‘rsatgan tadqiqot o‘tkazdik. Hozir biz butun dunyoga aytishimiz mumkinki, bizda katta hajmda toza suv bor va biz undan foydalanishni taklif qilamiz”, deb aytgan vazir.
“Global issiqlik – dunyodagi suv tanqisligining sabablaridan biridir. Grenlandiyada minglab yillar davomida erigan suv mavjud. Hozirda biz bozorga boshqa hech kimda yo‘q bo‘lgan ushbu mahsulot bilan chiqishimiz mumkinligini tushundik”, deb ta’kidlab o‘tgan Svane.
Uning aytishicha, sayyoramizda ichimlik suvining tanqisligi tobora ortib boradi va shu sababli orol hukumati muzliklar suvini Grenlandiyani dunyoga tanituvchi mahsulotga aylantirmoqchi. Agar muzliklar suvi eksport qilinmasa, u bekorga oqib ketadi.
Vazirning ta’kidlashicha, iqtisodiyotning erigan suv hisobiga diversifikatsiya qilinishi Grenlandiyaga Daniyadan ko‘proq darajada mustaqil bo‘lishda yordam beradi.
Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda muzliklar suvini eksportga tayyorlayotgan 9 ta loyiha bor va ular tegishli litsenziyalarni olgan.
Iqlimshunoslar ma’lumotlariga ko‘ra, Grenlandiya qirg‘oqlari yaqinidagi ko‘p yillik muzliklarning katta zaxiralari Akrtikaning boshqa hududlaridagi muz qoplamiga qaraganda ikki marta tezroq qisqarmoqda.
Ta’kidlab o‘tish joiz, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi va 2009 yildan keng muxtoriyat maqomiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi