Foto:president.kg
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Said otasining salomatligi keskin yomonlashganini ma’lum qildi.
"Otamning qon bosimi judayam past. Shifokorlarning aytishlaricha, bu istalgan vaqtda insult yoki infarktga olib kelishi mumin", - deb yozdi u Facebook sahifasida.
Said Atamboyevning ma’lum qilishicha, sobiq prezidentning qon bosimi ko‘rsatkichi oxirgi marta 76 ga 60 bo‘lgan.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan.
Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar bo‘yicha hibsda ushlab turilibdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi"