Suriyada tasvirga olingan Rossiya va Amerika harbiylari o‘rtasidagi voqeaning videoyozuvi "YouTube"ga 19 fevral kuni joylashtirildi.
Video tavsifiga ko‘ra, voqea Suriyaning shimoliy-sharqidagi Al-Qamishli shahri atrofida bo‘lgan. Videoning aynan qachon suratga olinganligi aniq ko‘rsatilmagan.
Videoyozuv Rossiya bayroqlari o‘rnatilgan "BTR" (jangovar zirhli transporti) va zirhli "Tigr" (Yo‘lbars) avtomashinalaridan iborat bo‘lgan avtoulovlar karvonidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi tomonidan olingan.
Tasvirda Rossiyaning harbiy texnikalaridan iborat bo‘lgan karvon oldida, AQSH bayrog‘iga ega ikki zirhli "MaxxPro MRAP" avtomobillari sekin harakat qiladi va Rossiyaning "Tigr"(Yo‘lbars) zirhli mashinasi Amerika zirhli mashinalarini quvib o‘tishga harakat qilganda, AQSHning "MaxxPro MRAP" avtomashinasidan biri uning o‘tish yo‘lini to‘sadi va yo‘ldan dala tomonga siqib chiqaradi, shundan so‘ng ikkala mashina hamda videoyozuv ham to‘xtaydi.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) videoga izoh berishdan bosh tortdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi