Foto: RIA Novosti
Wildberries onlayn do‘koni asoschilaridan biri va egasi Tatyana Bakalchuk «Forbes» jurnali talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng boy xonimi deb topildi.
Xabarga ko‘ra, Bakalchukning boyligi yil davomida 400 million dollarga ko‘paygan va 20 fevralda 1,4 milliard dollarni tashkil qilgan.
“Bakalchuk boyligining ko‘payishi uning asosiy aktivi — Wildberries onlayn do‘koni bahosining o‘zgarishi hisobiga amalga oshdi. Rossiyaning eng katta onlayn do‘konlari ro‘yxatida Wildberries birinchi o‘rinni egalladi. 2019 yilda do‘konning savdo aylanmasi 88 foizga ortib, 223,5 mlrd rublni tashkil qildi”, — deb qayd etadi Forbes.
Wildberries 2019 yilda 164 million dona buyurtmalarni yetkazib bergan. Bu bir yil oldingi natijalarga nisbatan 2 barobar ko‘proq.
Kompaniya buyurtmalarni Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston bo‘ylab yetkazib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi