11:45 / 24.02.2020
3 410

Reportaj uchun sanatoriyga pinhona kirib olgan jurnalistlar karantinda qolishdi

Reportaj uchun sanatoriyga pinhona kirib olgan jurnalistlar karantinda qolishdi
Uxandan evakuatsiya qilinib, karantinda saqlanayotgan ukrainaliklar sharoitlarini reportajda ko‘rsatish uchun "Novi Sanjari"dagi sanatoriya hududiga pinhona kirib borishga muvaffaq bo‘lgan "ZIK" telekanali muxbiri Andrey Lash va operator Petr Targonskiy tuzoqqa tushishdi. Endi ular 14 kundan keyin u yerdan ozod bo‘lishadi, deb STRANA.ua nashri xabar berdi.

Jurnalist "Facebook" sahifasida Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Zoryana Skaletskaya ham ular bilan birga sanatoriy binosida ekanligini ko‘rsatdi.
Rasmiy mutasaddilar jurnalistlarning nazorat ostidagi hududga kirishga muvaffaq bo‘lganlarini bilishmagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Dmitriy Kovalning so‘zlaridan Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Anton Gerashchenko bilan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum bo‘lgan, deya PavlovskyNews Telegram kanali xabar beradi.

"Yana qanaqa ichkaridagi kameralar? Siz bu haqda biron bir ma’lumotni bilasizmi? Bu holda biz jurnalistlarni 14 kun davomida sanatoriyada ushlab turishga majburmiz", dedi u.

Eslatib o‘tamiz, kuni-kecha Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ternopoldagi odamlar Uxandan evakuatsiya qilingan ukrainaliklar ularning hududlariga kelmasligini cherkovlarda ibodat qilib so‘rashganliklari sababli, Ternopol viloyati gubernatori Igor Sopelning iste’fosini qabul qildi.

Shuningdek, Vladimir Zelenskiy evakuatsiya qilingan Ukraina va boshqa mamlakatlar fuqarolarini kasalxonaga yotqizish munosabati bilan "Novi Sanjari"da ro‘y bergan voqealarga murojaat bilan chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reportaj uchun sanatoriyga pinhona kirib olgan jurnalistlar karantinda qolishdi