13:53 / 24.02.2020
2 242

Malayziya bosh vaziri iste’fo berdi

Malayziya bosh vaziri iste’fo berdi
REUTERS/Lim Huey Teng
Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad iste’fo so‘rab qirolga murojaat qilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatgan.
«Bunday so‘rov Malayziya oliy rahbariga yuborilgan», deyiladi hukumat rahbarining bayonotida. Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Bundan avvalroq Mahathir boshqaruvidagi Malayziya o‘g‘lonlari birlashgan partiyasi «Umidlar alyansi» hukmron koalitsiyasi tarkibidan chiqarilgandi.

Bu siyosiy tuzilma 2017 yilda tashkil etilgan va to‘rtta muxolif partiyani birlashtirgandi. O‘shanda 2018 yilgi saylovlarda g‘alabaga erishilsa, Mahathir faqat ikki yil bosh vazir bo‘lishi va keyin bu lavozimni bu blokdagi eng yirik partiya rahbari Anvar Ibrohim egallashi bo‘yicha kelishuv bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziya bosh vaziri iste’fo berdi