
Foto: EPA
Xitoyning Uxan shahrida 24 fevral holatiga ko‘ra, 195 kishi koronavirus bilan qayta kasallangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.
24 fevral holati bo‘yicha, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 77,1 ming kishini tashkil etmoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 2592 kishiga yetgan.
South China Morning Post hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 2,2 ming kishida koronavirus aniqlangan (Xitoydan tashqari), bir sutka ichida virusni yuqtirib olganlar soni 416 nafarni tashkil etgan.
Kasallikka chalinganlarning aksariyati Yaponiyada — 838 kishi, ularning 630 nafari Diamond Princess sayohat kemasining yo‘lovchilari.
Koronavirus 2019 yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSH, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin koronavirus muammosini bartaraf etishiga ishonishini bildirdi. So‘nggi uch kun ichida Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 152 kishiga va vafot etganlar soni uch kishiga yetgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar