14:05 / 25.02.2020
2 851

Shvetsiyada naqd pullar o‘rniga raqamli pullar joriy qilinishi mumkin

Shvetsiyada naqd pullar o‘rniga raqamli pullar joriy qilinishi mumkin
Foto: Pixabay
Shvetsiya markaziy banki cheklangan sharoitlarda raqamli kronani (Shvetsiya milliy valyutasi) bir yil sinovdan o‘tkazishini e’lon qildi. Tajribadan maqsad markaziy bank – “Riksbank”ga o‘z kriptovalyutasini to‘laqonli muamolaga kiritishda yordam beradigan ma’lumotni to‘plashdan iborat.

Hozirda Shvetsiyada naqd pullar deyarli muamoladan chiqib ketgan. Deyarli barcha savdo nuqtalari elektron to‘lovlar qabul qiladi. Mutaxassislarning baholashicha, 3 yildan keyin mamlakatda umuman kupyura va tangalardan foydalanilmay qo‘yiladi.

Ammo bunday vaziyat mamlakat markaziy bankida ikkita sababga ko‘ra xavotir uyg‘otmoqda. Birinchidan, bankirlar agar to‘lovlar infratuzilmasi to‘liq xususiy sektor qo‘liga o‘tsa, muayyan guruhlar chetda qolib ketishidan xavfsirashmoqda. Ikkinchidan, agar odamlar jamg‘argan pullarini hukumat tomonidan tasdiqlangan naqd pullarga ayirboshlay olmasalar, bu monetar tizimga ishonchga putur yetkazishi mumkin.

Shu sababli ham “Riksbank” bir necha yil avval bir kun kelib hozirgi naqd pullar o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan davlat raqamli valyutasini joriy qilish imkoniyatini o‘rganishni boshlagan.
Shvetsiya hukumati o‘z milliy raqamli valyutasi moliyaviy sektorni to‘lov tizimlaridagi nosozliklardan himoyalashiga umid qilmoqda.

“Riksbank” bayonotida ta’kidlanishicha, “raqamli krona qulay, sodda bo‘lishi hamda xavfsizlik va samaradorlikning asosiy talablariga javob berishi lozim”. Sinovlar vaqtida foydalanuvchilar ushbu ye-kronalar yordamida to‘lovlar amalga oshirishlari, ularni hisobraqamiga qo‘yishlari va mobil dasturlar, bank kartalari va aqlli soatlar yordamida ko‘chirib o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Loyiha 2021 yil fevralgacha davom etadi va zarurat bo‘lsa, uzaytiriladi.

Ammo har qanday holda ham raqamli kronani joriy qilish qarori Shvetsiya fuqarolari istaklariga ko‘ra qabul qilinadi. “Bu markaziy bankning bir o‘zi qabul qilishi uchun juda muhim masaladir”, deb ta’kidlab o‘tgan bank iqtisodchisi Gabriel Sederberg.

Raqamli valyutani joriy qilishni Yaponiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri ham taklif qilmoqda. Uning fikricha, bu chora Xitoy tomonidan raqamli yuan joriy qilinishiga javob bo‘lishi va dollarga tayanuvchi jahon moliya tizimi qulashi holatida mamlakatga yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada naqd pullar o‘rniga raqamli pullar joriy qilinishi mumkin