
Xabarovskda o‘zbekistonlik harbiyning xatlari topildi. U 1943 yilda bedarak yo‘qolgan. Xatlar Rakitniy qishlog‘ida topildi. O‘zbekistonlik harbiy Igor Astashin onasiga xat yozgan. Arxivlarni o‘rganish jarayonida Astashin 1943 yilda yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. O‘sha paytda u 20 yoshda bo‘lgan.
Xatlar Uzoq sharq ilmiy kutubxonasiga qayta tiklash uchun yuborilgan. Xabarovskdagi o‘zbek diasporasi vakillari Namangan viloyatidagi rus maktabga murojaat qilishgan. Xatlarda aynan shu manzil ko‘rsatilgan. Harbiyning onasi o‘sha maktabda direktor bo‘lib ishlagani ma’lum bo‘ldi. Lekin ayol pensiyaga chiqqandan so‘ng yo‘qolib qolgan. Hozirda o‘zbekistonlik vakillar harbiyning qarindoshlarini izlashmoqda.
XabarovskO‘zbekistonlik HarbiyYilBedarak Yo‘qolganXatlar TopildiNamangan Viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar