Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus hech bir davlat koronavirusdan xoli ekanligiga o‘zini ishontirmasligi kerakligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Daryo sayti.
«Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati umuman bo‘lmasligini taxmin qilish tom ma’noda halokatli xato hisoblanadi», — deydi Gebreyesus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rayotgan boy davlatlar ham infeksiyaning tarqalishini oldini olish uchun kutilmagan holatlarga tayyor turishi kerak.
JSST rahbari koronavirusning Yevropada tarqalishiga yirik manba bo‘lib xizmat qilayotgan Italiyani misol qilib keltirdi.
Avvalroq Davlat turizm qo‘mitasi O‘zbekistonni koronavirusdan xoli mamlakat sifatida targ‘ib qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, butun mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 78 mingdan oshib, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2744 kishiga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi