16:25 / 28.02.2020
2 953

Belarus, Litva va Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallangan ilk bemorlar aniqlandi

Belarus, Litva va Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallangan ilk bemorlar aniqlandi
Foto: «TASS»
Belarusda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi mamlakatga Erondan kelgan talabada aniqlangan. U Belarusga Bokudan uchib kelgani aytilmoqda.

«Bemor va u bilan muloqot qilgan shaxslar Minsk yuqumli kasalliklar shifoxonasida karantinga olingan», — deyiladi xabarda. Idoraning ta’kidlashicha, bemorning ahvoli qoniqarli.

Shuningdek, Litvada ham koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Italiyaning Verona shahridan 24 fevral kuni mamlakatga qaytib kelgan. Ayni vaqtida bemor izolyatsiya qilingan, ahvoli og‘ir emas.

Reuters nashrining yozishicha, Nigeriyada ham koronavirusga kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etilgan. Virus mamlakatga uch kun oldin kelgan Italiya fuqarosida aniqlangan.

Yangi Zelandiyada ham birinchi bor yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemor aniqlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardernning so‘zlariga tayanib, TVNZ telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bemor Eronga qilgan safaridan so‘ng Oklend shahriga qaytib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus, Litva va Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallangan ilk bemorlar aniqlandi