
Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Vashingtonning «Tolibon» harakati vakillari bilan imzolanadigan bitimiga guvoh bo‘ladi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp bayonotida so‘z boradi.
Bundan tashqari, AQSH mudofaa vaziri Mark Esper Afg‘oniston hukumati bilan qo‘shma bayonot beradi.
Trampning ta’kidlashicha, «Tolibon» harakati a’zolari va afg‘on hukumati o‘z majburiyatlarini bajarsa, AQSH Afg‘onistonda urushni to‘xtatishi va harbiylarni uyiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tayotgan Afg‘oniston tinchlik muzokaralarida ishtirok etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar