Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
28 fevral kuni Doxa shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi «Tolibon» harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Mulla Barodar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirgan. U O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etgan.
«Shu o‘rinda mulla Barodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi, ularning asosiy maqsadi afg‘on xalqining farovonligi va rivojlanishi, Afg‘onistonning tinch va barqaror davlat sifatida taraqqiy etishi ekanligi qayd etildi», - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi