Foto: EPA
Trampning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bilan kelishuv AQSHga Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8 ming nafargacha kamaytirish imkonini beradi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi zudlik bilan boshlanishini aytdi. U bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bilan kelishuv AQSHga Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8 ming nafargacha kamaytirish imkonini beradi.
U "Tolibon" harakati yetakchilari bilan uchrashish niyatida ekanligini bildirdi.
"Men uzoq bo‘lmagan kelajakda "Tolibon" yetakchilari bilan shaxsan uchrashaman", - dedi AQSH prezidenti.
Tramp shuningdek, agarda "Tolibon" harakati tinchlik kelishuviga rioya qilmaydigan bo‘lsa, AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonga qaytishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
"Men "Tolibon" vaqtni bekorga sarflamaganimizni tasdiqlaydigan nimadir qilishga urinayotganiga ishonaman. Agarda yomon voqealar yuz bersa, biz qaytamiz. Qo‘shinlarimizni juda tez qaytaramiz. Bunga zarurat bo‘lmaydi deb umid qilaman", dedi u.
29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi.
Hujjatga muvofiq, agarda toliblar barcha majburiyatlarga amal qilsa, Vashington va uning ittifoqchilari 14 oy mobaynida barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi