13:15 / 01.03.2020
3 266

Koronavirus katta shaharlarda: Undan qochish mumkinmi?

Koronavirus katta shaharlarda: Undan qochish mumkinmi?
Deputatlardan birining Yaponiyaga safaridan keyin Tailand parlamenti dezinfeksiya qilindi / AFP
Katta va aholisi zich joylashgan shaharlarda avj olish manzarasi juda xavflidir.
Quyida shahar hayotini virus tahlikasidan asraydigan ba’zi choralar keltiriladi.

Jamoat transporti
Jamoat transporti virus tarqalishi uchun mukammal muhitdir.

Viruslar jamoat transportining yuqori qismidagi bo‘shliq orqali oson tarqalishi mumkin (fotoda - Tehrondagi avtobus) / AFP
Viruslar havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi — aksirish yoki yo‘talish paytida havoga chiqariladigan juda mayda tupuk tomchilari orqali.

Bir necha izlanishlarga ko‘ra, gripp mavsumi vaqtida jamoat transportidan foydalanadigan odamlar kasallikka olti marta ko‘proq chalinishadi.
Aynan shu sababli, Janubiy Koreyadan Eronga qadar ko‘plab mamlakat ma’murlari jamoat transportida — poyezd, avtobus va bekatlarda tozalash ishlari olib borishni buyurmoqda.

Olomon
Sport o‘yinlari kabi gavjum tadbirlar yuqtirish xavfini orttiradi. Ularning ko‘plab davlatlarda koronavirus tufayli bekor qilinishi boshlangan.

Yaponiya hukumati odamlardan to‘planmaslikni so‘ramoqda / AFP
Covid-19 tufayli Shanxaydagi «Formula-1» Gran-prisi bekor qilindi.
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi oltita uchrashuv ko‘chirildi — bunga Eronning to‘rt jamoasi jadvali ta’sir ko‘rsatdi.

Yevropada Italiya jamoalari ishtirok etishi kerak bo‘lgan regbi va futbol o‘yinlari qoldirildi.
Ammo eng jiddiy kechikish Tokioda o‘tishi kutilayotgan Olimpiada-2020 bo‘lishi mumkin. O‘yinlar 24 iyulda boshlanishi kerak.

Hozircha faqat Olimpiya mash’alasi marafoni keyinga qoldirildi, ammo XOQ koronavirus tarqalishi pandemiyaga aylansa, o‘yinlar bekor qilinishini istisno qilmagan.

Koronavirus bir nechta diniy tadbirlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning Makka va Madinaga kirishlarini vaqtincha taqiqladi.

Maktablar
Dunyo hukumatlari boshlang‘ich va o‘rta maktablarni koronavirus tarqalishini hisobga olib ish tartibini o‘zgartirishga chorlamoqda.

Tailand, Eron, Iroq va Italiyada maktablar yopilgan / AFP
Virus tufayli Yaponiya, Tailand, Eron va Iroqda maktab va universitetlar vaqtincha yopildi.
Buyuk Britaniya va AQSHda hukumat maktablarni yopishni tavsiya etmayapti.

Yaqin orada koronavirus keng tarqalgan mamlakatlarga bolalari bilan tashrif buyurgan ota-onalarga ikki hafta davomida uydan chiqmaslik va bolalarini maktabga yubormaslik tavsiya etiladi.

Ofislar
Koronavirus nisbatan texnologik rivojlangan mamlakat va mintaqalardagi kompaniyalarning ishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kompaniyalar xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qilmoqda / Reuters
San-Diyego va San-Fransiskoda favqulodda holat e’lon qilindi — ofis ishchilaridan tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda qo‘l bilan salomlashmaslik tavsiya etilmoqda.

Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha AQSH markazi kompaniyalarga xodimlarni masofadan ishlashga undashni taklif qildi, bu ayniqsa o‘zida isitma yoki nafas olish yo‘llari infeksiyasini kuzatayotgan ishchilarga aloqador.

Ma’lumot yetkazish
Odamlar qo‘llarni to‘g‘ri yuvish kabi oddiy jarayonlarning muhimligini anglashi kerak — bu koronavirusga qarshi samarali kurashishda uchun juda muhimdir, deydi AQSH sog‘liqni saqlash xodimlari.

Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya beradi:
- qo‘llarni muntazam ravishda yuving;
- aksirish yoki yo‘tal paytida og‘iz va burningizni yoping;
- shamollash belgilari bo‘lgan odamlar bilan aloqa qilishdan saqlaning;
- shuningdek yovvoyi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan uzoq turing

Kasalxonalar
Koronavirus 2019-NCoV'dan vaksina hali mavjud emas. Kasalxonalardan asosiy maqsad infeksiya asoratlari bilan kurashishdir.
Tibbiyot muassasalariga bemorlarni izolyatsiya qilish va xodimlarning himoya kiyimlari kiyib olishlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.

AQSH va Britaniyadagi rasmiylar hisoblashicha, agar avj olish ko‘lami kengaysa, shifoxonalarda joy yetishmovchiligi paydo bo‘ladi.

Izolyatsiya
Britaniyada zararlangan hududlardan kelgan fuqarolardan o‘zlarini izolyatsiya qilish so‘ralmoqda.

Iroq, Basra shahridagi tekshiruv / AFP
Kasallikning epimarkazi bo‘lgan Xitoyning Uxan shahri va Italiyaning shimoliy qismidagi ba’zi tumanlar yopilganicha qolmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalganda, bunday choralar, afsuski, o‘z samarasini yo‘qotadi.

Bundan tashqari, hamma joyda ham ularni amalga oshirish mumkin emas.
«Juda kam sonli davlatlar, xuddi Xitoy singari, butun shaharni yopib qo‘yishga qodir», — deb yozdi Jon-Hopkins salomatlik markazi direktori Tom Inglsbi.

«Bunday to‘siqlar oilalarni ajratish xavfi bilan doimo bog‘liq bo‘lib, odamlar dori-darmonlarni, shuningdek, oziq-ovqat va eng zarur narsalarni olishni to‘xtatishi mumkin».
«Ular Xitoyda bo‘lganidek, shifokorlar, hamshiralar va ta’minotlarning kasalxonalar orasidagi harakatiga xalaqit berishi mumkin», — deb yozgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus katta shaharlarda: Undan qochish mumkinmi?