
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nur-Sultonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tantanali yig‘ilish va konsertni bekor qildi, deya xabar berdi Kazinform Davlat rahbarining Twitter sahifasiga tayanib.
«Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nur-Sultonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tantanali yig‘ilish va konsertni bekor qilishga qaror qildim.
Dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shunday qilindi. Aziz ayollar, sizlarga baxt, sog‘liq va farovonlik tilayman», - deyilgan xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar