4 148
Xitoydagi Apple, Nike, Volkswagen kabi taniqli brendlar fabrikalarida uyg‘urlar majburiy ishlatilayotgani fosh etildi
Foto: My Nation
Xitoy hukumati uyg‘urlarni o‘nlab jahonga mashhur brendlar uchun mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlashga majbur qilmoqda. Bu haqda Avstraliya strategik siyosat instituti (ASPI) hisobotida aytiladi, deb yozadi Meduza'ga tayanib Daryo.
ASPI hisoboti ochiq ma’lumotlar, sun’iy yo‘ldoshlardan olingan tasvirlar, boshqa tadqiqot ishlari va OAV materiallariga asoslangan.
Hisobotda aytilishicha, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani hukumati uyg‘urlarni mehnat shartnomasi bo‘yicha nafaqat o‘z viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham majburiy mehnatga jalb qilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, 2017—2019 yillarda Xitoyning to‘qqizta boshqa provinsiyasidagi fabrikalarda ishlash uchun Shinjondan kamida 80 ming uyg‘ur olib ketilgan. U yerda uyg‘urlarga harakatlanish erkinligini cheklangan, alohida yotoqxonalarga joylashtirilgan, mafkuraviy tayyorgarlik bo‘yicha tayyorlov mashg‘ulotlariga qatnashishga majburlanadi hamda diniy urf-odatlarni bajarish taqiqlanadi.
ASPI uyg‘urlar ishlaydigan 27 ta Xitoy fabrikasi haqida ma’lumot berdi. Bu fabrikalar butun dunyoga mashhur 83 ta brendga aloqador. Ularning orasida Apple, Google, Microsoft, Adidas, Nike, H&M, Uniqlo, Zara, Mercedes-Benz va Volkswagen ham bor.
Taxmin qilinishicha, brendlar o‘z mahsulot yetkazib beruvchilarining fabrikalarida uyg‘urlar majburan ishlatilganidan bexabar bo‘lgan.
Xitoy hukumati uyg‘urlarga zulm o‘tkazayotgani haqidagi xabarlar 2018 yilda tarqala boshladi. 2019 yilning dekabr oyida Shinjon hukumati barcha uyg‘urlar musulmonlarni qayta tayyorlash lagerida ta’lim olganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi