Foto: «Yandex»
Rossiya poytaxtida «momiqli» terakni daraxtning boshqa navlariga almashtirishmoqchi. Bu haqda «Moskva» agentligiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
«Biz teraklardan voz kechmayapmiz, teraklarni o‘zgartirish bo‘yicha maxsus dastur ham yo‘q. Biroq hozir teraklarning momiq tarqatmaydigan navlari bor — na «erkak», na «ayol». Sekin-asta o‘zgartiriladi. Momiqli teraklar soni yildan-yilga kamaymoqda», — deya ta’kidladi Moskva atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish departamenti rahbari Anton Kulbachevskiy.
Kubalchevskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya poytaxtida taxminan 300 mingta terak bor. Uning ta’kidlashicha, terak — ekologiya nuqtai nazaridan eng samarali daraxt, chunki zararli moddalarni yaxshi tortib oladi. Shunga ko‘ra Moskvani ko‘kalamzorlashtirishda undan foydalanmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi, deydi ekspert.
Terak momig‘i allergik reaksiya chaqirishi mumkin, biroq uning o‘zi allergen sanalmaydi. Uning yuzasida ko‘pincha allergik reaksiyaga sabab bo‘luvchi chang to‘planadi. Bundan tashqari, momiq ushbu allergenlarni tarqatishga xizmat qiladi. Ulardan himoyalanish uchun ko‘zoynak taqish va burunni dengiz suvida chayish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin