2 395
Peskov Putinni koronavirusdan saqlash uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putinni Covid-19 koronavirusidan saqlash uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
“Koronavirusning prezidentga yaqinlashishi oldini olish uchun barcha zarur choralar amalga oshirilmoqda. Aslida gap har bir fuqaro qila oladigan oddiy gigiyenik choralar haqida bormoqda”, deb aytgan Peskov jurnalistlarga.
U, shuningdek, Moskvada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat “keskin yomonlashmaganini” ma’lum qildi.
2 mart kuni Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etilgani, virus Italiyadan kelgan yigitda aniqlangani ma’lum qilingandi. Yigit va u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 24 kishi shifoxonaga, u bilan bir samolyotda uchgan 83 kishi karantinga joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin