08:12 / 05.03.2020
4 255

Turkiya parlamentida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Turkiya parlamentida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)
Foto: Depo Photos/Keystone Press Agency/Global Look Press
Turkiya parlamentida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an nomiga aytilgan so‘zlar sababli omaviy mushtlashuv yuz berdi.
Mushtlashuv Erdo‘g‘an yetakchilik qiluvchi Adolat va taraqqiyot partiyasi va muxolif Respublika xalq partiyasi vakillari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Milliyet nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Erdo‘g‘an partiyasi vakillarini asosiy muxolif partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Engin O‘zko‘chning so‘zlari achchiqlantirgan.
O‘zko‘ch Erdo‘g‘anni Suriyadagi siyosati uchun tanqid qilgan. Shundan keyin ikki partiya deputatlari o‘rtasida o‘zaro mushtlashuv boshlanib ketgan.

Voqea O‘zko‘ch Erdo‘g‘anning Respublika xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘luga qo‘yayotgan ayblovlariga javob berayotganida yuz bergan. Turkiya prezidenti Qilichdoro‘g‘luni Idlibdagi vaziyat keskinlashgani ortida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralarni boshlash taklifi uchun “sotqin” deb atagan. O‘zko‘ch o‘z navbatida Erdo‘g‘anni halok bo‘lgan turk harbiylari haqida gapirganda “kalla” (turkchada jasadning qo‘pol atalishi) so‘zini qo‘llaganlikda hamda sotqinlikda ayblagan.

Anqara bosh prokuraturasi “prezidentni haqoratlagani” uchun O‘zko‘chga nisbatan ish ochgan.

O‘z navbatida muxolif partiya yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lu partiya a’zolarining yig‘ilishidagi nutqida Suriyada o‘nlab turk harbiylari halok bo‘lgan bir paytda Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini keskin tanqid qilgan. Uning fikricha, aynan Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni eplay olmagan.

Mening askarlarimga o‘q otuvchi har kim mening dushmanimdir. Nima uchun men boshqa prezident yoniga borib, uning oyog‘lariga yiqilishim kerak? Siz esa sarosima holatida Putinning yoniga chopmoqdasiz”, deb aytgan Qilichdoro‘g‘lu.

U Erdo‘g‘andan 5 mart kunidagi uchrashuvda rossiyalik hamkasbidan Rossiya Turkiya bilan harbiy hamkorlik qilayotganiga qaramay, qanday qilib turk harbiylari pozitsiyalariga hujum qilinishiga yo‘l qo‘yayotgani haqida so‘rashni talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya parlamentida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)