14:23 / 05.03.2020
4 182

Tramp nima uchun AQSHda koronavirus kam tarqalganini izohladi

Tramp nima uchun AQSHda koronavirus kam tarqalganini izohladi
Foto: «Edition.cnn.com»
AQSH prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pgina ekspertlarning maslahatiga qaramay, koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoy bilan chegaralarni yopishga qaror qilgan, shu bois hozir AQSHda kasallanganlar soni unchalik ko‘p emas, deya xabar berdi «Fox News» telekanaliga tayanib "Xabar" nashri.

«Ma’muriyatda ishlaydigan ko‘pgina mutaxassislarning maslahatlariga qaramay, men Xitoy bilan chegaralarni yopdim, shu bois biz chindan ham qayg‘urishimiz kerak bo‘lganlar soni unchalik ko‘p emas, — deydi Tramp telekanalga bergan intervyusida. — Ko‘pgina kishilarning maslahatiga qaramay, men chegaralarni yopdim va, qarangki, bu juda oqilona qaror bo‘lib chiqdi».

«Agar boshqa davlatlar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, chegaralar borasida ko‘rgan choramiz tufayli bizda kasallanganlar soni unchalik ko‘p emas», — deydi Tramp.

Fevralning boshida AQSH koronavirus epidemiyasi tufayli so‘nggi 14 kun davomida XXRga borgan xorijliklar uchun kirishni va amerikaliklar uchun cheklovni joriy etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp nima uchun AQSHda koronavirus kam tarqalganini izohladi