NASA olimlari Mars suratlarida g‘ayrioddiy teshik topdi. NASA blogining xabariga ko‘ra, tuynuk so‘ngan vulqon yonida joylashgan va tirik organizmlarga ishora qilishi mumkin.
Teshik 2011 yilda Reconnaissance Orbiter tomonidan olingan Mars suratlarini olimlar o‘rganayotgan paytda aniqlangan. Diametri 35 metr bo‘lgan teshik Pavlin tog‘ining g‘arbiy yonbag‘rida joylashgan. Mutaxassislar kraterning sun’iy kelib chiqishiga ishora qiladigan deyarli mukammal yumaloq shaklga ega ekanligini payqagan.
Yon yoritishni ishlatib, olimlar teshik ostida bo‘sh joy borligini aniqlagan. Ichki soya burchagiga asosan, teshik taxminan 28 metr chuqurlikka ega ekanligi aniqlangan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, vulqon ostida joylashgan g‘or Marsning murakkab iqlim sharoitidan va radiatsiyadan himoyalangan bo‘lishi mumkin. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Pavlin tog‘idagi vulqon birinchi navbatda ilmiy ekspeditsiya tomonidan o‘rganilishi kerak. Olimlarning fikriga ko‘ra, agar bunday g‘orlarda mahalliy jonzotlar topilmasa ham, ular ilmiy jihozlarni, shu jumladan, Marsda yuruvchi robotlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Yanvar oyida xalqaro olimlar guruhi Marsdan suv yo‘qolib ketishining sabablari haqida ma’lum qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, suv molekulalari quyosh nuri tufayli vodorod va kislorod atomlariga bo‘lingan va zaif gravitatsiya tufayli ular kosmosga chiqib ketgan. Ammo katta miqdordagi namlik taxminan 80 kilometr balandlikda saqlanib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi