Foto: Insider
2015 yilda AQSHning Bichvud shahrida yashovchi Mendl Vaynshtok singlisi Rivaga uning to‘yiga albatta lama yetaklab kelishga va’da berdi, deb yozadi Meduza'ga tayanib Daryo.
Riva besh yil davomida akasini bu fikridan qaytarishga urindi. U ba’zan makrini ishga soldi, ba’zida esa yaxshilikcha kelishib olmoqchi bo‘ldi. Lekin bularning hech biri foyda bermadi.
2020 yilning mart oyida Riva Vaynshtok turmushga chiqdi, akasi so‘zining ustidan chiqib, to‘yga lama yetaklab keldi. Shunchaki lama emas, balki kostyum kiyib, bo‘yinbog‘ taqib olgan lama.
Bu g‘oya mana bunday tug‘ilgan edi: 2015 yilda Mendlning singlisi hech kim bilan uchrashmasa ham, nuqul o‘zining bo‘lg‘usi to‘yi haqida gapirardi. Shunda aka hazil aralash, agar u qachondir singlisining to‘yiga borsa, o‘zi bilan albatta lama ham olib borishini aytadi.
Aka-singil uzoq bahslashdi, natijada Riva taslim bo‘ldi: «Mayli, lama ham kela qolsin», — dedi u.
Foto: Insider
Riva o‘shanda ushbu hazil akasining esidan chiqib ketishiga umid qilgan edi. Biroq aka o‘z rejasi haqida singlisiga besh yil mobaynida haftada kamida ikki marta hech qanday sababsiz eslatib turaverdi.
2019 yilning 5 oktabrida Riva akasiga qo‘ng‘iroq qilib, unashtirilganini aytadi. Uning javobi esa kutilgandek bo‘ldi: «Yaxshi, men hozir lama fermasiga qo‘ng‘iroq qilaman».
To‘y kuni Mendl rostan ham o‘zi bilan lamani olib keldi. Jonivorning ijarasi unga 450 dollarga tushdi.
Kostyum kiyidirilgan lamani ko‘rib Riva mehmonlarning kulgilari sadolari ostida akasini yomon ko‘rishini aytib baqirdi.
Keyin esa lama bilan fotosessiya uyushtirdi. Rivaning so‘zlariga ko‘ra, lama uning to‘yini buzmagan. Aksincha, tantanani «10 marta esda qolarli qildi».
Biroq syurprizlar bu bilan tugamadi: Vaynshtoklarning do‘stlari bayram stoliga ikkita shishirilgan lamani o‘tqazib qo‘ydi. Ulardan biri kelin libosda edi.
Foto: Insider
Riva akasi Mendl uchun ham hazilomuz javob tayyorlayapti. Hazilning qanday bo‘lishini esa oshkor etmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi