
Foto: AP
AQSHning Nebraska shtati gubernatori Pit Riketts koronavirus epidemiyasi sababli ko‘rishganda qo‘l siqish o‘rniga tirsaklarni urishtirib qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Shifokorlar koronavirus qo‘l siqishib so‘rashganda ham yuqishi mumkinligidan ogohlantirib kelishmoqda.
Gubernator so‘rashishning bu usulini karantindan keyin shifoxonani tark etayotgan odamlar bilan uchrashuvda namoyish qilgan.
“Men uchun karantin bo‘limini tark etayotgan mehmonlarni qarshilash sharafdir. Nebraskadagi jahon darajasidagi tibbiy xodimlar amerikaliklarni himoya qilish va odamlar salomatligini saqlash uchun sa’y-harakatlarni tobora oshirishmoqda”, deb aytgan Riketts.
Avvalroq an’anaviy qo‘l berib so‘rashish o‘rniga uning hazilomuz varianti - oyoq uchlarini tekkizib qo‘yish taklif qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar