Ginness rekordlar kitobiga kirgan 41 yoshli amerikalik dorboz Nik Vallenda Nikaraguadagi uyg‘oq Masaya vulqoni ustidan tortilgan po‘lat arqondan yurib o‘tdi.
Valendaning o‘zi ushbu tryukni faoliyatidagi eng murakkabi deb atagan. U cho‘g‘lanib turgan lava bilan to‘lib-toshgan vulqon krateri ustidan undan chiqayotgan zararli bug‘lardan zaharlanmaslik uchun respiratorda o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu tryukni bajarish uchun Valenda bir necha yil mashq qilgan.
Dorboz vulqon ustidan tortilgan 550 metrlik arqonni 31 daqiqada yurib o‘tgan. Bu vaqtda uni 17 ta kamera va 4 ta dron tasvirga olib turgan.
635 metr balandlikda joylashgan vulqon Nikaragua poytaxti Managuadan 20 km uzoqlikda joylashgan.
Vallenda tortilgan arqondan ekstremal o‘tishlari bilan tanilgan. U o‘z vaqtida Niagara sharsharasi ustidan o‘tgan, ko‘zi bog‘loq holda Grand-Kanonni zabt etgan.
2019 yil iyunda ekstremal singlisi Liyana bilan birga Nyu-Yorkdagi ikkita osmono‘par bino o‘rtasida tortilgan arqondan yurib o‘tgan. Bu hodisani yerdan turib bir necha ming kishi kuzatgan. 396 metrlik arqon 25-qavat balandligida tortilgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda