
Xabaringiz bor, yaqin kunlar orasida ayol kishini urib, haqoratlab samosud qilayotgan ayol videosi tarqaldi va IIV ushbu fuqarolarni topishda xalqdan yordam so‘ragan edi. Ayni paytda IIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan tekshiruvlar davomida videodagi "qahramonlar" aniqlandi.
Ushbu videoda tasvirlangan holatlar 2019 yilning bahor oylarida Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod oblasti Bozorqo‘rg‘on tumanida sodir etilganligi aniqlandi.
Videoda tilgan olingan, aholi orasida "Ursatskiy" deb nomlanuvchi aholi yashash hududi ekani ma’lum bo‘ldi.

Shu o‘rinda, holatga oydinlik kiritishda ko‘maklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz, deyiladi vazirlik Axborot xizmati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar