19:03 / 06.03.2020
3 553

Kobulda bosh vazir Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi

Kobulda bosh vazir Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi
Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla va boshqa siyosatchilar ishtirok etgan tadbirda portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda TOLOnews nashriga tayanib Xabar.uz ma’lum qildi.

Ular Hizb-e Vahdat partiyasi rahbari Abdul Ali Mazariyning vafoti munosabati bilan uyushtirilgan juma tadbiriga yig‘ilgan bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiyning aytishicha, voqea oqibatida kamida 18 kishi jarohat olgan. Asosiy hujum hukumat rahbari Bosh vazir Abdulla Abdullaga qaratilgan bo‘lgan.

Vazir Abdulla Abdulladan tashqari sobiq prezident Hamid Karzay, Muhammad Karim Xalili, Bosh Muhammad Moxakik va boshqa bir qator siyosatchilar ham tadbirda ishtirok etishayotgan bo‘lgan.

Jangarilar ushbu hududda qurilayotgan binodan hujum qilishgan. Hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Tolibon hujumga aloqadorligini rad etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobulda bosh vazir Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi