Foto: Reuters
Xitoyda 7 mart holatiga ko‘ra 57 065 kishi COVID-19 koronavirusidan davolanishga muvaffaq bo‘ldi, ularning bariga uyiga javob berilgan. Bu haqda mamlakatning Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lum qildi.
2019 yil dekabridan beri — yangi turdagi infeksiya tarqalishi boshlanganidan buyon Xitoyda 80 695 ta kasallanish holati aniqlangan edi (xususan, so‘nggi bir sutka ichida 44 nafar yangi bemor ro‘yxatga olingan).
Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida 27 kishi koronavirusdan vafot etgan — ushbu o‘limlarning bari Xubey provinsiyasida qayd etilgan. Shunday qilib, Xitoydagi koronavirus qurbonlari soni 3097 kishiga yetgan.
Xitoyning materikdan tashqari hududlarida epidemiya boshlanganidan buyon 164 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan: Gonkongda 109 ta (ikki kishi vafot etgan), Tayvanda 45 ta (bir kishi vafot etgan), Makaoda 10 ta.
South China Morning Post hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 mingdan oshgan. Xususan, Janubiy Koreyada 7041 ta, Italiyada 5883 ta, Eronda 5823 ta, Fransiyada 949 ta holat ro‘yxatga olingan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taxminlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi yozda ham to‘xtamaydi. Tashkilot ijrochi direktori Maykl Rayanning ta’kidlashicha, virus turli iqlim sharoitlarida qanday rivojlanishi borasida hozircha shifokorlarda hech qanday ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?